Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zA ijodiy xodimlari uchun trening tashkil etildi
17:18 / 2023-09-19

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi jurnalist va fotomuxbirlari uchun O‘zbekiston jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi tomonidan trening tashkil etildi.

“Zamonaviy jurnalistika yo‘nalishlari: podkast, storitelling, longrid va infografika” mavzusidagi treningda zamonaviy jurnalistikada janrlar konvergensiyasi, yangi yo‘nalishlar va media muhit tahlil qilindi. Auditoriyani jalb etish usullari, mavzuni aniqlash, ma’lumot to‘plash, vizual surat tanlash, axborot manbalari bilan ishlash singari bilimlar berildi. Matn, lid yozish, sarlavha qo‘yishda ahamiyat berish kerak bo‘lgan jihatlar aytib o‘tildi.    

Ta’kidlanganidek, zamonaviy jurnalistika soha xodimlaridan yangi bilim, yangicha yondashuv, yangicha qarash hamda mahoratni talab qiladi. Zamonaviy jurnalist matn hamda video ko‘rinishida material tayyorlay olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi shart. Shuningdek, suratga olish va montaj bilan bog‘liq bilimlarga ega bo‘lishi kerak.      

Tabloid nima? Kun mavzulari qanday tanlanadi? Podkast nima va u qanday tayyorlanadi? Ertaga ham davom etadigan treningda ana shu savollarga javob beriladi.      

Mohigul Qosimova,    

O‘zA