French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zA – “Gender tenglik faoli” milliy tanlovi g‘olibi bo‘ldi
14:37 / 2026-02-14

Oliy Majlis Senatida “Gender tenglik faoli” milliy tanlovining respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tanlov xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini mustahkamlash maqsadida gender tenglik hamda oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi tashabbusi bilan har yili an’anaviy ravishda tashkil etib kelinmoqda. 

Tantanali tadbirda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi – O‘zA “Gender tenglikni ta’minlashda eng faol ommaviy axborot vositasi” deb e’lon qilindi. 

Mazkur nominatsiyada “O‘zbekiston 24” teleradiokanali va «Mahalla» gazetasi ham taqdirlandi. 

Senatda O‘zA taqdirlanar ekan, bu agentlikda xodimlarning 52 foizini xotin-qizlar tashkil etishi, 15 nafar ayol rahbarlik lavozimida faoliyat yuritishi alohida qayd etildi. 

[gallery-27669]

Tanlovda yana kimlar g‘olib bo‘ldi? Saytimizda batafsil yoritamiz. Bizni kuzatib boring!

N.Abduraimova,
F.Abdurasulov (surat), O‘zA