Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zA fotomuxbirlari ijodida Yangi O‘zbekiston qiyofasi
20:47 / 2021-12-09

Toshkent fotosuratlar uyida O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va Badiiy akademiya hamkorligida mustaqilligimizning 30 yilligi hamda Bosh qomusimiz qabul qilinganining 29 yilligiga bag‘ishlangan “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon hayot” nomli fotoko‘rgazma tashkil etildi.

Ma’lumki, bu yil mustaqilligimizning 30 yilligi respublikamizda keng nishonlandi. Turli davlat tashkilotlarida bayram tadbirlari bugungi kunga qadar ham Konstitutsiyamiz qabul qilingan kun bilan birga nishonlanmoqda.

Bosh qomusimiz fuqarolar huquq va erkinliklarini himoya qilish bilan birga, ularning Vatan, jamiyat, oila oldidagi burchlarini ham qat’iy belgilaydi. Konstitutsiya mamlakatning ichki va tashqi siyosatida barqarorlik, fuqarolar tinchligi va millatlararo totuvlikni himoya qilish va ta’minlashni kafolatlaydi.

[gallery-5016]

Ko‘rgazmada O‘zbekiston Milliy axborot agentligi fotomuxbirlarining mamlakatimizda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari, qisqa vaqt oralig‘ida erishilgan natijalardan so‘zlovchi, yangilanayotgan O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, yurtdoshlarimiz uchun munosib turmush sharoiti yaratish borasidagi islohotlarni ifodalovchi suratlari namoyish etilmoqda.

Ularda zamonaviy, ma’muriy va me’moriy inshootlar, mamlakatimizda erkin faoliyat olib borayotgan turli soha vakillarining yutuqlari, tinch va osuda Vatanimizda ijodkorlik va yaratuvchanlik ishlari bilan mashg‘ul bo‘layotgan yoshlarimizning mamnun qiyofalari, Konstitutsiyamiz himoyasida bilim sarhadlarini egallab odimlayotgan, o‘ynab-kulayotgan bolalarimizning beg‘ubor chehralari tasvirga tushirilgan.

Ko‘rgazma 14 dekabrga qadar davom etadi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA