Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zA fikrlar, mulohazalar chorrahasida hamisha Siz bilan
11:23 / 2022-02-14

Mavzuga qaytib

Xabaringiz bor, joriy yilning 21 yanvar kuni «O‘zbek futboli qachon yuksaladi!» savoli ostida O‘zA surovnomasini e’lon qilgandik.

Surovnomada mamlakatimiz futboliga befarq bo‘lmagan ming-minglab futbol ishqibozlari o‘z vaqtlarini ayamagan holda munosabat bildirishdi. Buning uchun ularning har biriga tashakkur bildiramiz.

Aslida insonning vaqti, fikri bebaho ne’mat hisoblanadi. Fikrlar, qarashlar, kuyinchaklik, jonfidolik bor joyda esa taraqqiyot yuz beradi. 

Shu ma’noda, bir kun kelib O‘zbek futbolida ham zavqu-shavqqa, shiddatkor o‘yinlarga boy damlar qachondir kelishiga, bizda ham dunyoning gigant futbol jamoalaridek jamoalar shakllanashiga, yashil maydonlardagi oddiy futbol o‘yinini san’at darajasiga chiqara oladigan millionlar o‘yining haqiqiy egalari yetishib chiqishiga yurak-yurakdan ishonging keladi.

Zotan, mulohaza, tahlil va takliflarini yo‘llagan, yurtimiz futboliga daxldorlik hissi bilan yashayotgan Ilyos Ismoilovich, Samar, Oybek Xoldorov, Najmiddin Buranov, Hayot Boyboboyev, Mamaraimov Laziz, Sanjar Jumayev, Axrorxon Valixanov, Jamshid Aminov, Sh. Ochilov, Davlatbek Haytimetov kabi yuzlab yurtdoshlarimizning o‘rinli fikrlarini e’tirof etmoq lozim. Istaklar va takliflar O‘zbekiston futbol assaotsiatsiyasining tegishli mutaxassislariga taqdim etildi.

To‘g‘ri yo‘l, adolatli qarorlar ko‘pning fikriga tayangan holda qabul qilinadi. O‘ylaymizki, mamlakatimiz futbol mutaxassis va mutasaddilari uchun Sizning takliflaringiz, istaklaringiz soha rivojini ta’minlashda, O‘zbek futbolini yangi rivojlanish bosqichiga kutarilishida asqotishi shubhasiz. 

Bilinki, yurtimizda futbol sohasida amalga oshirilayotgan qaysidir yangilik, islohot o‘z samarasini bera boshlabdimi, demak bunda Sizning ham munosib hissangiz bor.

Barchangizga yana bir karra minnatdorlik bildiramiz. 

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi(O‘zA) jamoasi fikrlar, mulohazalar chorrahasida hamisha Siz bilan.

 

O‘zA