O‘zA-«Amerika Ovozi». Hamkorlik davom etadi
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va “Amerika Ovozi” o‘rtasidagi o‘zaro anglashuv memorandumi yangilandi.
Hujjatni onlayn tarzda O‘zA bosh direktori Abdusaid Ko‘chimov va “Amerika Ovozi” kiradigan AQSH Global Media Agentligining Marketing direktori Adam Gartner imzoladi.
Memorandum O‘zA va «Amerika Ovozi» o‘rtasida O‘zbekiston, AQSH va dunyodagi muhim voqealar haqida muntazam tarzda ma’lumot almashish, dolzarb mavzularda birgalikda maxsus reportajlar tayyorlash, surat, videomahsulotlar olish, media-kontent almashish, xodimlarning o‘zaro amaliyot o‘tashi singari imkoniyatlarni yaratadi.
O‘zA