French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘z yurtingdan topgan tinching hech qayerdan topilmas (+video)
15:11 / 2024-07-10

Asrbek Soliyev 2021 yilda xorijda ishlab yurganida avtohalokatga uchradi. Qattiq shikastlanish natijasida o‘ng oyog‘idan ayrilgan yigit oilasining, bobo-buvisining ruhiy daldasi bilan oyoqqa turib, yana mehnat qilishda davom etdi.

Hozirda tomorqasida barpo etgan issiqxonada 35 tup limon ko‘chatlarini parvarishlab, har bir tupdan o‘rtacha 1 million so‘mdan daromad qilyapti.    

Tinib-tinchimas Asrbek yaqinda yoshlarga 30 yilga foydalanish uchun ajratilayotgan yerdan olib, hozirda dukkakli o‘simliklar ekishni maqsad qilgan.  

Qahramonimiz bilan tashkil etilgan intervyuning to‘liq shaklini O‘zAning “You Tube” sahifasida ko‘rishingiz mumkin.    

<iframe width="640" height="360" src="https://www.youtube.com/embed/pmH6PvX_F9I" title="Oʻz yurtingdan topgan tinching hech qayerdan topilmas" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Gulnoza Boboyeva,

O‘zA