English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘z Vatanida yashab qanday bosmachi bo‘lish mumkin?
18:16 / 2021-08-25

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida 30- yillarda turli sabablar bilan qamalgan, otishga hukm qilingan bir guruh yurtdoshlarimizga nisbatan chiqarilgan sud hukmlari apellyatsiya tartibida ko‘rib chiqilmoqda.

Sir emas, 30-yilarda qoralangan ajdodlarimizning ko‘pchiligi bosmachi sifatida ayblangan.

Sud jarayonida ishlar bo‘yicha himoyachi sifatida ishtirok etayotgan Ma’ruf Aliyev ishlari ko‘rib chiqilayotgan shaxslar "bosmachi" tamg‘asi bilan qamalgani, otilgani ayanchli ish bo‘lganini qayd etdi. Ular o‘z Vatanida yashab qanday bosmachi bo‘lsin, axir bosmachi chetdan kirib kelgan bo‘lishi kerak emasmi, deb ta’kidladi.

Haqiqatan ham shunday. O‘z yurtida bosqinchilarga qarshi bo‘lgani uchun, ayrimlari shunchaki mulkdor bo‘lgani uchun yuzlab yurtdoshlarimizning boshiga shunday qora kunlar tushgan.

Oliy sud raisining o‘rinbosari Ikrom Muslimov raislik qilayotgan sud jarayonida o‘sha qoralangan ajdodlarimiz birin-ketin oqlanmoqda.

Sud jarayoni davom etmoqda.

Tafsilotoar bilan saytimizda batafsil tanishtiramiz. Bizni kuzatib boring!

Norgul Abduraimova, O‘zA