Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘z mulkingni ehtiyot qil – qo‘shningni o‘g‘ri sanama
08:46 / 2022-08-09

Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi tashabbusi bilan Paxtakor tumanida avtomobil olib qochilishi bilan bog‘liq jinoyat muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Paxtakor tumani hokimligi, prokuratura va IIB mas’ullari hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida uyushtirilgan tadbirda sodir etilgan jinoyat tafsilotlari bayon etildi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yil 4 avgust kuni tungi soat 3:30 larda shu tumandagi “Oltinko‘l” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan savdo markazi oldidan “Lasetti” rusumli avtotransport vositasi o‘g‘irlangani to‘g‘risida “Do‘stlik” MFYda istiqomat qiladigan jabrlanuvchi ichki ishlar organlariga xabar bergan.

Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyat Zomin tumanining Sharof Rashidov qishloq fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi shaxs tomonidan sodir etilgani aniqlangan.

Haydovchining avtoulovi eshiklarini ochiq holda qoldirgani jinoyatchiga qo‘l kelgan. O‘g‘rilik sodir etilayotgan paytda shu ko‘chadan o‘tib ketayotgan 3 nafar shaxs o‘zlari bilmagan holda jinoyatchiga yordam berib yuborgan, ya’ni ular “o‘chib qolgan” avtoulovni itarib, voqea joyidan “Lasetti”ning shovqinsiz uzoqlashishiga “ko‘maklashib” yuborgan.

Ayblanuvchi ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Zomin tumanida qo‘lga olindi. Amaldagi qonunlarimizda o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulkini ehtiyot qilmagan shaxslarga nisbatan hech qanday chora ko‘zda tutilmagan.

Ushbu holat yuzasidan Paxtakor tuman huquq-tartibot organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

 

A.Qayumov, O‘zA