Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘z kasbining fidoyilari
12:21 / 2020-12-18

Prezidentimizning 2020 yil 18 fevraldagi «Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga asosan 2020 yil 1 apreldan boshlab FHDYO organlari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi tasarrufiga o‘tkazildi.

Jumladan, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarining ishini tizimli nazorat qilish, malakali kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, huquqni qo‘llash amaliyotini muvofiqlashtirish, «FHDYOning yagona elektron arxivi» axborot tizimini yuritish va FHDYO organlarining hududiy arxivlariga rahbarlik bo‘yicha funksiyalar vazirlikka yuklandi.

Tuman va shahar fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yozish bo‘limlari Agentlik tizimiga o‘tishi munosabati bilan xodimlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 26 avgustdagi “Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi tizimida samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan Adliya vazirligi tomonidan navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tkazildi.

Malakali kadrlarni saralab olish uchun ilk bora o‘tkazilgan attestatsiya sinovida shaffoflikni, haqqoniylikni ta’minlash maqsadida barchaga to‘g‘ridan to‘g‘ri internet tarmoqlari orqali kuzatib borish imkoniyati yaratildi. Bu esa, har bir xodimdan o‘z ustida muntazam ravishda ishlashni, kelgusida fuqarolarimizga malakali hamda sifatli huquqiy xizmat ko‘rsatishni talab qiladi.

Mazkur attestatsiya sohada o‘z kasbining fidoyisi, barchaga namuna bo‘ladigan xodimlarning bor ekanligini ko‘rsatdi. Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida Amudaryo tumani FHDYO bo‘limi 2-toifali inspektori Mohira Eshmuradova hamda Qonliko‘l tumani FHDYO bo‘limi mudirasi Perixan Avezova attestatsiya komissiyasi tomonidan namunali deb topildi.

–Darhaqiqat ular o‘z ustida tinimsiz mehnat qiladigan, huquqiy bilimini yangi qabul qilingan normativ huquqiy hujjatlar bilan boyitib boradigan, xalqimizga halol, fidoiy xizmat qiladigan xodimlar sirasiga kiradi, – deydi Davlat xizmatlari agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi yetakchi maslahatchisi Sayyora Bekmuratova. – Biz kelajakda safimizda mana shunday fidoiy, bilimli xodimlarimiz ko‘payishini tilab qolamiz.

Dovud ABIBULLAEV, O‘zA