Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘z ismiga monand qahramon edi
09:16 / 2021-01-13

Vatanimiz suverenitetini himoya qilish, sarhadlarimiz daxlsizligi va xalqimiz tinchligini ta’minlash yo‘lida jon fido qilgan insonlar xotirasini har qancha e’zozlasak, shuncha kam.

Farg‘ona viloyati Quvasoy shahrining Sufon qishlog‘ida tug‘ilib o‘sgan marhum Qahramonjon Madolimov Surxondaryo viloyatidagi qurolli to‘qnashuvlarda mardlarcha halok bo‘lganlardan biri. Vatani va xalqi tinchligi yo‘lida jon fido qilgan mard o‘g‘lon qisqa, lekin mazmunli va ibratli hayot kechirdi.  

U 1999-2000 yillarda Sariosiyoda xizmat qilgan. Harbiy shifokor qonli urush janggohlarida mardonavor jang qilgan harbiylarning hayotini asrash maqsadida yarador harbiyning yoniga shoshilgan vaqtda boshiga o‘q tegishi oqibatida vafot etadi. Vatan uchun o‘z jonini qalqon qilgan harbiyning sharafiga o‘zi ta’lim va tarbiya olgan 16-maktab nomlanib,  yodgorlik majmuasi tashkil qilingan. Mahalladoshlar, maktab o‘quvchilari shunday hamqishlog‘i bilan faxrlanishadi.  

Bugun yurtimizda Vatanimizning mard o‘g‘lonlari xotirasi yod etilib, oilalariga hurmat-ehtirom, moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatilmoqda. Vatan himoyachilari kuni bayrami arafasida mazkur maktabda harbiylar, shahar hokimligi va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan tadbirda uning xotirasi yodga olindi.  

Yoshlarning qo‘l jangi chiqishlari namoyish etildi.Tosh ko‘tarish hamda pnevmatik quroldan o‘q otish bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi. Tadbir so‘ngida musobaqa g‘oliblari esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.  

 

M. Sulaymonov, O‘zA