Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘z huquqini bilish — rivojlanish omillaridan biri
11:31 / 2025-09-23

Jizzax shahrida “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida maktabgacha va maktab ta’limi muassasalari xodimlari, mahalla fuqarolar yig‘ini yetakchilari ishtirokida huquqiy-targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Mazkur tadbir Jizzax shahar adliya bo‘limi huzuridagi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi mutaxassislari tomonidan tashkil etildi. Unda ishtirokchilarga amaldagi qonunchilik asosida huquqiy tushunchalar berildi, davlat organlari va fuqarolar o‘rtasidagi huquqiy munosabatlarning mazmuni keng yoritildi.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — aholida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish, mehnat munosabatlari, moddiy rag‘batlantirish va korrupsiyaning oldini olish borasidagi amaliy bilimlarni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 29 noyabrda qabul qilingan “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi farmoniga asosan, Jizzax shahridagi Ittifoq mahallasi “Huquqiy mahalla” sifatida belgilangan. Shu munosabat bilan mazkur mahalladagi davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti – 9-sonli DMTT da mehnat munosabatlariga oid hujjatlar: mehnat va jamoa shartnomalari, buyruqlar hamda lokal me’yoriy hujjatlar monitoring qilindi. Bu jarayon huquqiy masalalarda yagona yondashuvni ta’minlash va amaliy ko‘mak berishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Tadbir doirasida ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 3 yanvarda qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni, 2024 yil 21 iyunda Prezidentimiz tomonidan tasdiqlangan “Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori hamda 2024 yil 19 sentyabrda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Byudjet tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish maxsus fondi to‘g‘risidagi nizom” mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi.

Bulardan tashqari, targ‘ibot tadbiri davomida ishtirokchilar qonunchilikdagi so‘nggi yangiliklar bilan tanishishdi, o‘zlarini qiziqtirgan huquqiy savollarga mutaxassislardan aniq va asosli javoblar olishdi.  

A.Qayumov, O‘zA muxbiri