Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oyning teskari tomonini oʻrganayotgan fazoviy apparatlar “uyquga ketdi”
10:51 / 2019-02-12

Kecha Pekin vaqti bilan 19.00-19.30 da Xitoy fazoviy apparati “Chanʼe-4“ va Oyda oʻzi yurar qurilma “Yuytu-2“ “uyqu“ rejimiga oʻtgan.


Kecha Pekin vaqti bilan 19.00-19.30 da Xitoy fazoviy apparati “Chanʼe-4“ va Oyda oʻzi yurar qurilma “Yuytu-2“ “uyqu“ rejimiga oʻtgan. 

Xitoy Oyni tadqiq etish dasturi axborotida qayd etilishicha, shu yoʻl bilan fazoviy qurilmalar Yerning tabiiy yoʻldoshida kechayotgan oʻta sovuq tunlarga bardosh bera oladi. 

Joriy yilning 3 yanvarida “Chanʼe-3“ apparati Oyning Janubiy qutb havzasi - Eytkendagi Karman krateriga tarixiy qoʻnishni amalga oshirgan edi. Oʻtgan vaqt mobaynida mazkur apparat Oy sathida qator vazifalarni bajardi. Jumladan, Yerning tabiiy yoʻldoshida ilk bor chigit undirishga muvaffaq boʻldi, muntazam suratlar joʻnatdi.

Xitoy fazoviy boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, “Chanʼe-4“ 1 martda, “Yuytu-2“ 28 fevralda “uyqu“ rejimidan chiqadi.