Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oylik ustamaga da’vogar pedagoglarning bilim darajasi sinovdan o‘tkazildi
17:17 / 2024-02-20

FOTOREPORTAJ

Bilim va malakalarni baholash agentligi Buxoro viloyati bo‘limida maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamg‘armasi hisobidan 2024 yilda har oylik ustamaga da’vogar pedagoglar o‘rtasida saralash imtihoni o‘tkazildi.

Mazkur saralash jarayonlarining birinchi bosqichida nomzodlar dars beradigan umumta’lim fani bo‘yicha bilim darajasini baholash test sinovidan o‘tdi. Talabgorlarga jami 40 ta test savoli uchun 100 daqiqa vaqt ajratildi. Test sinovi natijalariga ko‘ra, maksimal ballning 80 foizini to‘plashga muyassar bo‘lgan talabgorlar 2-bosqichga o‘tkaziladi.

Jarayonda 304 nafar pedagog-xodim ishtirok etdi.

[gallery-16055]

Tohir ISTATOV (surat), O‘zA