Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oylik ish haqini to‘lashga oid qonun buzishlari bartaraf etildi
11:57 / 2023-03-24

Buxoro viloyati adliya boshqarmasi Inson huquqlarini himoya qilish sho‘’basi tomonidan joriy yilning fevral oyida monitoring o‘tkazildi.

Natijada davlat organlari, korxona muassasa hamda tashkilotlari tomonidan 6 ming 205 ta holatda xodimlarning mehnat sohasida huquqlari buzilganligi aniqlangan.  

– Jumladan, tashkilotlar tomonidan 5 ming 255 ta holatda oylik ish haqini to‘lashga oid qonun buzishlari aniqlandi, – deydi Buxoro viloyati adliya boshqarmasi Inson huquqlarini himoya qilish sho‘’basi  boshlig‘i Tuyg‘un Azimov. – Shuningdek, 445 ta holatda xodimlarning mehnat ta’tiliga oid, 448 holatda xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishga oid, 57 ta holatda xodimlarning mehnat sohasidagi boshqa qonunchilik hujjatlari talablari buzilganlik holatlari ma’lum bo‘ldi.  

Aniqlangan qonun buzilish holatlarini bartaraf etish maqsadida boshqarma tomonidan tegishli ta’sir choralari qo‘llanildi.  

Zarif Komilov,

O‘zA