Oylik chiptalar oshmaydi? Nega?
Buning sababi haqida “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati axborot xizmati rahbari Ravshan Yoqubjonov O‘zAga xabar berdi.
Buning sababi haqida “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati axborot xizmati rahbari Ravshan Yoqubjonov O‘zAga xabar berdi.
– Yo‘lkira narxlari oshgan bo‘lsa-da, oylik yo‘l chiptalari bahosi oshirilmaydi, keyingi oylarda ham eski narxda qoladi, – deydi R.Yoqubjonov. – Chiptalarni xarid qiluvchi ijtimoiy qatlamning himoya qilish maqsadida amalga oshirilgan bu tadbirda Toshkent shahar hokimining qarori asos bo‘lib xizmat qiladi. O‘rtadagi farq esa davlat budjetidan qoplanadi. Ayni vaqtda oyiga o‘rtacha 65 ming donaga yaqin oylik yo‘l chiptalari sotuvga chiqarilmoqda. Jumladan, talabalarga mo‘ljallangani 16 mingdan ziyod, o‘quvchilar uchun 18 mingga yaqin, nogironlarga qariyb 12 ming dona.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15 avgustidan poytaxtimizdagi jamoat transportlari – avtobus hamda metroga to‘lanadigan amaldagi 1200 so‘mlik yo‘lkira narxi 16.7 foizga oshib, 1400 so‘mni tashkil etmoqda.