Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘ylangan reja oxiriga yetmadi
15:59 / 2022-06-07

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning viloyat boshqarmasi, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Buxoro shahar “Dilkusho” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi, 1975 yilda tug‘ilgan G.G. fuqaro N.B.ni aldab, Buxoro davlat universitetiga ishga joylashish uchun o‘tkaziladigan tanlovdan o‘tishiga yordamlashish evaziga 2022 yil aprel oyida olgan 400 AQSH dollarini tanishi L.M. orqali N.B.ga qaytargan vaqtda ushlangan. 

Mazkur holat yuzasidan fuqaro G.G.ga nisbatan O‘z.R.JKning 168-modda 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi. Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning viloyat boshqarmasi hamda Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamkorligida, 2022 yil 24 fevral kuni tezkor tadbir o‘tkaziladi.

Natijada G‘ijduvon tumani “Sarmijon” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi, 2000 yilda tug‘ilgan A.A. belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan, O‘zbekiston Respublikasi aksiz markasi bilan tamg‘alanmagan jami 66 million so‘mlik 6 ming quti “Milano” nomli tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda sotish maqsadida, G‘ijduvon tuman "Yu.Hamadoniy" ko‘chasida o‘zining boshqaruvida bo‘lgan “Damas” rusumli avtomashinasiga yuklab olib ketayotgan vaqtida qo‘lga olinadi. 

Mazkur holat yuzasidan G‘ijduvon tumani IIB TB tomonidan A.A.ga nisbatan O‘z.R.JKning 186/1-modda 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Zarif Komilov, O‘zA