Qatar yashil maydonlarida o‘tgan Osiyo kubogida munosib ishtirok etib, yurtimizga tarixiy natija bilan qaytgan O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasini tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
An’anaga muvofiq, Toshkent aeroportida Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan yoshlarimizni Prezident Administratsiyasi, Sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi mutasaddi rahbarlari, futbolchilarning oila a’zolari qarshi oldi.
So‘ngra sportchilarimiz O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasiga yo‘l oldi. Temur Kapadze boshchiligidagi terma jamoamiz tadbir doirasida O‘zA muxbiriga eksklyuziv intervyu berdi.
Murabbiy Parijdagi o‘yinlarga tayyorgarlikni tez kunlarda boshlashini ma’lum qildi. Jamoa sardori Jasur Jaloliddinov o‘yinda biroz omad yetishmagani, ammo oldinda katta musobaqalar kutib turganini ta’kidladi. U, shuningdek, so‘nggi ikki o‘yin - Indoneziya va Yaponiyaga qarshi bahs hususida fikr bildirdi.
Umidli sportchimiz Umarali Rahmonaliyev esa O‘zbekiston raqiblariga kuchli jamoa ekanini ko‘rsatganini aytdi. O‘zbekiston “S” guruhdan o‘rin olgan Ispaniya, Misr va Diminikan Respublikasi jamoalariga qattiq tayyorgarlik ko‘radi, yoshlarimiz o‘yin uslubi ham mukammallashtiriladi.
Eslatib o‘tamiz, kecha oqshom Qatarda 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo kubogi yakunlangani, «Jassim Bin Hamad» stadionidagi finalda O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi kumush medallarni qo‘lga kiritdi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/IAeqpiG3-mw" title="“Oʻyin uslubimizni yanada mukammallashtiramiz” - murabbiy va futbolchilar bilan eksklyuziv suhbat" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Behruz Xudoyberdiyev,
Asliddin Alijonov va Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA