Munosabat
Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Ozarbayjonda bo‘ldi. Tashrif doirasida, 23 avgust kuni Fuzuliy shahrida Mirzo Ulug‘bek nomidagi maktab ochildi.
Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisi deputati Oydin Guseynov ushbu muassasa, tashrif tafsilotlari xususida fikrlarini bayon etdi:
– O‘zbekiston va Ozarbayjon – tili, an’ana va urf-odatlari bir-biriga juda o‘xshash do‘st mamlakatlar. Keyingi yillarda o‘zaro munosabatlar yangi bosqichga ko‘tarildi. Xalqingiz ishonchini qozongan va qayta saylangan Prezident Shavkat Mirziyovning mamlakatimizga tashrifi alohida ahamiyatga ega. Ozarbayjon xalqi buni qadrlaydi, – deydi Oydin Guseynov. – Prezident davlat tashrifi doirasida logistika, madaniyat, turizm va boshqa sohalarda qator bitimlar tuzildi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/LeG5xgwiDO8" title="Oydin Guseynov: Mirzo Ulug‘bek nomidagi maktabning ochilgani o‘quvchilar qalbida o‘chmas iz qoldiradi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>Qardosh O‘zbekiston xalqi nomidan mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stona aloqalar rivojiga qo‘shilgan yana bir hissa – Fuzuliy tumanida buyuk o‘zbek olimi Mirzo Ulug‘bek nomi bilan ataladigan umumta’lim maktabining ochilgani bo‘ldi. Fikrimcha, shu maktabning har bir o‘quvchisi, mahalliy aholi doimo qalbida ana shu qadrli tuhfa uchun o‘zbek xalqiga nistabatan chuqur muhabbat va minnatdorlik tuyg‘usini his etadi.
Yurtingiz bugungi kunda ham Markaziy Osiyo, ham xalqaro maydonda katta salohiyatga va nufuzga ega. Iqtisodiyotida sanoatning ulushi ortib borayapti.
Turkiy davlatlar tashkiloti va boshqa xalqaro institutlar doirasidagi hamkorligimiz o‘zining samarasini berishiga ishonaman. Qardosh mamlakatlarimizga muvaffaqiyat va farovonlik tilayman.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Ozarbayjon Respublikasiga ushbu tarixiy tashrifi o‘zaro hamkorlik, do‘stlik va qardoshlik aloqalarining izchil rivojiga xizmat qiladi.
O‘zA muxbiri B.XUDOYBERDIEV yozib oldi.