Oybek Qosimov OOKning “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi
Bangkokda Osiyo olimpiya kengashining (OOK) 43-Bosh assambleyasi o‘z ishini boshladi.
Dastavval, OOKning amaldagi rahbari Raja Randxir Singx barcha delegatlarni qutlab, kun tartibidagi masalalar bilan tanishtirdi.
Assambleya Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi Prezidenti Tomas Baxning OOK oilasiga yo‘llagan murojaati bilan boshlandi.
Shundan so‘ng uzoq yillar qit’amizda Olimpiya harakati rivojiga hissa qo‘shgan mutasaddilarga OOKning eng nufuzli sovrini – “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni topshirildi.
Ahamiyatlisi, ulardan biri O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Oybek Qosimovga tantanali ravishda taqdim etildi.
O‘zA