Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Oybek” chegara bojxona postida noqonuniy zargarlik buyumlari o‘tkazilishining oldi olindi
13:02 / 2023-03-23

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Oybek” chegara bojxona orqali qo‘shni mamlakatdan yurtimizga kirib kelayotgan fuqaro xatti-harakatlari bojxona xodimlarining e’tiborini tortdi.

O‘tkazilgan shaxsiy ko‘rik natijasida fuqaroning oyoq paypoqlari ichiga xufiyona tarzda yashirilgan, umumiy qiymati  95 million so‘mlik jami 183 gramm bo‘lgan zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.  

Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga qiymatidan oshmaydigan, umumiy og‘irligi 65 grammdan ko‘p bo‘lmagan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlarini olib kirish mumkin.  

 

O‘zA