Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oy yog‘dusidagi Samarqand xalqaro aeroporti
18:55 / 2022-09-22

Ko‘hna va hamisha navqiron Samarqand tarixdan ne-ne anjumanlarga mezbonlik qilgan. Bu kentga dunyo ahli hamisha talpingan.

Samarqand bugun har qachongidan ham ulug‘vor, go‘zal va ertaknamo. Bu ta’rifni SHHTning navbatdagi sammitida ishtirok etish uchun kelgan mehmonlarning ko‘pchiligi bot-bot ta’kidlashdi.

Ushbu anjuman yakunlanganiga deyarli bir hafta bo‘ldi, lekin uning ko‘tarinki ruhi hali hukmron. Sammit haqida esa ommaviy axborot vositalarida materiallar berilishi davom etmoqda.

Sammit davomida Samarqand xalqaro aeroportidagi jarayonlarini ham onlayn tarzda yoritishda O‘zA xodimlari faol ishtirok etdi. Bugun yana shu mavzuga – sammit kuni aeroportdan tayyorlangan materiallarga murojaat qilmoqdamiz. Faqat bu safargi yondashuv boshqacharoq...

Tinch va osoyishta yurtning tunlari ham mana shunday go‘zal va ertaknamo bo‘ladi.

[gallery-8846]

Ikrom Avvalboyev, A’lo Abdullayev(surat), O‘zA