French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ovul yanada obod bo‘lmoqda
10:24 / 2025-11-03

FOTOREPORTAJ

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanidagi «Qilichboy» ovul fuqarolar yig‘inida turli millat vakillaridan iborat jami 5 ming 850 nafar aholi istiqomat qiladi. Mahallaning asosiy drayveri — qishloq xojaligi va chorvachilikdir.  

Ovul fuqarolar yig‘ini xodimlari hududda yashovchi boquvchisini yo‘qotgan oilalar, yolg‘iz keksalar, kam ta’minlangan oilalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, shuningdek, «Temir daftar» va «Ayollar daftari»ga kiritilgan fuqarolarni ijtimoiy muhofaza qilish va yordam ko‘rsatish bo‘yicha qator amaliy ishlarni olib bormoqda.  

[gallery-26043]

Hududda aholining farovon yashashi uchun barcha qulay sharoit yaratilgan. Xususan, bir qancha maktabgacha ta’lim tashkiloti, umumta’lim maktablari, sog‘lomlashtirish maskanlari kabi ijtimoiy ob’ektlar faoliyat ko‘rsatmoqda.

Aholining aksariyati dehqonchilik, chorvachilik, parrandachilik, kasanachilik, milliy hunarmandchilik, tadbirkorlik, ishlab chiqarish, savdo-sotiq va xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi. Yoshlar bandligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilgan.  

Joriy yilda ovulda bir nechta yangi ob’ekt ishga tushirildi hamda mahalladagi ko‘cha va xiyobonlarda keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari olib borildi. Qurilish va bunyodkorlik ishlari davom ettirilmoqda.  

Ahamiyatli loyihalardan biri — ovuldagi bir nechta mahallani bog‘lab turadigan Qilichniyozboy kanaliga yangi ko‘prik qurilishi boshlangan. Ushbu qurilish ob’ektida hozirda ish qizg‘in.  

Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA