Ovul toza ichimlik suvi bilan ta’minlandi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxtako‘pir tumani markazidan 20 kilometr uzoqlikda joylashgan “Qo‘ng‘irotko‘l” ovul fuqarolar yig‘inidagi Kendirli ovulida yangi suv tozalash va chuchuklashtirish uskunasi o‘rnatilib, foydalanishga topshirildi.
Umumiy qiymati 1 milliard 200 million so‘mlik, soatiga 5 metr kub suvni tozalaydigan va chuchuklashtiradigan inshoot yordamida 100 ga yaqin xonadon istiqomat qiladigan ovul toza ichimlik suvi bilan ta’minlanadi.
Oliy Majlis Senatining Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalari qo‘mitasi tashabbusi bilan homiylarning amaliy ko‘magida o‘rnatilgan ushbu uskuna uzoq yillar davomida aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlashga xizmat qilishi, shubhasiz.