English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ovqatlanish shoxobchalarida o‘rganish ishlari olib borildi
16:12 / 2025-02-13

Keyingi paytlarda ko‘cha, bozor va boshqa savdo shoxobchalarida taomlar tayyorlashda sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilmaslik va buning oqibatida ovqatdan ommaviy zaharlanish holatlari ko‘p uchramoqda.

Bugun ovqatlanish shoxobchalarida aynan mana shu kabi jarayonlarga qanchalik amal qilinayotganligini o‘rganish maqsadida Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi va Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi mutaxassislari poytaxtimiz hududida joylashgan Ekobozor ichida faoliyat yuritayotgan "Evos”, “Milliy taomlar”, “Street 77”, “Bellisimo” , «Shef burger», kabi ovqatlanish shoxobchalarida o‘rganish ishlarini olib bordi.

Unga ko‘ra, ovqatlanish shoxobchasida ish faoliyat yuritayotgan barcha xodimlar tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi, gigiyena qoidalariga rioya qilinayotganligi hamda maxsus kiyim-bosh bilan ta’minlanganligi ma’lum bo‘ldi. Tibbiy ko‘rik muddati tugayotgan xodimlarga esa tushuntirish ishlari berildi.

Shuningdek, ularga aholi orasida ommaviy ovqatdan zaharlanish hamda yuqumli kasalliklar tarqalishini oldini olish uchun ovqatlanish shoxobchalari quyidagilarga amal qilishlari lozimligi xususida tushunchalar berildi.

Jumladan, sifati va xavfsizligi kafolatlanmagan oziq-ovqat mahsulotlaridan foydalanmaslik, “Salmonellyoz“ kasalligi xavfi mavjud xo‘jaliklardagi tuxumlarni, o‘rdak va g‘oz tuxumini, po‘sti tozalanmagan, singan tuxumlardan foydalanmaslik, dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizatsiya tadbirlari muntazam amalga oshirilishi hamda har oyda bir marotaba mukammal tozalash tadbirlari o‘tkazilishini ta’minlash kerakligi aytildi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA