Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Ovoz yig‘ish» niqobi ostida majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilyaptimi?
10:38 / 2023-04-01

Ijtimoiy tarmoqlarda «Tashabbusli byudjet» loyihasi doirasida imzo yig‘ish bahonasida turli nomaqbul holatlarga yo‘l qo‘yilayotgani muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi ushbu holatga munosabat bildirib, quyidagilarni ma’lum qildi:

«Tashabbusli byudjet» loyihasi Davlat byudjetining shakllanishi va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish jarayoniga aholini faol jalb etish hamda joylardagi dolzarb muammolarni hal etishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan.

O‘tgan qisqa davr mobaynida ushbu loyiha doirasida joylarda ko‘plab ijobiy ishlar amalga oshirildi. Shu bois bugungi kunda mazkur jarayon ommalashib bormoqda.

Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlarda «Tashabbusli byudjet» uchun ayrim soha vakillarining ovoz yig‘ish ishlariga jalb qilinganligi holatlari keng muhokama qilinmoqda.

Shu munosabat bilan mazkur masala Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi tomonidan atroflicha o‘rganilmoqda. Natijalari bo‘yicha qo‘shimcha ravishda ma’lum qilinadi.

Majburiy tarzda biror bir mehnatga jalb etish bilan bog‘liq muammolarga duch kelgan yoki mazkur holatdan xabardor bo‘lgan yurtdoshlarimizni mk@senat.uz, «1176» hamda «1092» raqamli «ishonch telefon»lariga murojaat qilishlarini so‘raymiz.

Murojaat tezkorlik bilan o‘rganilib, zarur choralar ko‘riladi. Murojaatchining roziligisiz shaxsiga doir biron-bir ma’lumot oshkor qilinmasligi kafolatlanadi».

O‘zA