Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ovoz berish jarayonlarida yoshlar faol
10:42 / 2023-04-30

Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi 576-referendum uchastkasida ko‘proq yoshlar ishtirok etmoqda.

– Uchastkamizda referendumda ishtirok etish uchun uch ming kishi ro‘yxatga olingan, – deydi mazkur uchastka raisi Jamoliddin Xoltoyev. – Ularning asosiy qismini esa yoshlar tashkil etadi. Chunki mahallamiz hududida oliy ta’lim muassasalari mavjud. Shu o‘rinda o‘zim o‘qituvchi sifatida yangilanayotgan Konstitutsiyada yoshlarning huquq va manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan me’yorlar kiritilgani juda xayrli ish bo‘ldi, deb hisoblayman.    

Yoshlar sohasidagi davlat siyosati, o‘g‘il-qizlarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va burchlari konstitutsiyaviy darajada mustahkamlanmoqda.   

Umuman, Konstitutsiyada yoshlar masalalari bo‘yicha alohida bob kiritilgan bo‘lib, unga ko‘ra, davlat yoshlar huquqlari himoyalanishi va ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirokini rag‘batlantirishni kafolatlaydi.  

Yoshlarda qadriyatlarimizga sodiqlik, vatanparvarlik tuyg‘ularining shakllanishiga g‘amxo‘rlik qilishini belgilash barobarida yoshlarning ta’lim olishi, ijtimoiy va tibbiy himoyasi, uy-joyli bo‘lishi, bandligi uchun shart-sharoitlar yaratish – davlatning konstitutsiyaviy majburiyati bo‘ladi.        

N.Abduraimova,  

N.Haydarov (foto), O‘zA