French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ovchilarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
11:58 / 2024-10-15

Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va o‘rmon xo‘jaligi sohasidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘limi, Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya vazirligi bilan hamkorlikda tungi reyd tadbirlari olib borildi.

O‘tkazilgan reyd tadbiri natijasida fuqarolar U.O. va B.B. lar tomonidan Nukus shahrida joylashgan “Do‘stlik” kanalidan O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitob”ga kiritilgan 86 dona  Orol mo‘ylabdori (so‘zan baliq), 4 dona oq amur, 3 dona oqsla, 1 dona laqqa balig‘ini ovlagani aniqlandi.  

Holat yuzasidan Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, natijasi bo‘yicha Jinoyat kodeksining 202-moddasi 3-qism g-ye-j-bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.  

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.  

Dovud Abibullayev,  

O‘zA muxbiri.