Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ovchilar qo‘lga tushdi
12:43 / 2025-02-04

Sirdaryo viloyati ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi nazorat tadbirida Guliston tumani Do‘stlik suv iste’molchilari uyushmasi hududidan oqib o‘tuvchi zovurdan 3 nafar fuqaro 3 turdagi jami 19 dona baliq ovlayotgani aniqlandi.

Ular qarmoqda emas, taqiqlangan ov qurolida baliq ovlash javobgarlikka sabab bo‘lishini bilsa-da, elektr qarmoq yordamida ov qilgan.

Ushbu holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar tegishli tartibda huquq- tartibot idoralariga yuborildi. Endi ular baliqni taqiqlangan ov qurolida ovlagani uchun qonun oldida javob beradi.

G‘ulom Primov,

O‘zA muxbiri