Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ovchi buva nomi bilan ataluvchi ziyoratgoh haqida bilasizmi?
07:24 / 2021-06-12

Namangan viloyati Uychi tumanidagi Ovchibuloq ziyoratgohi ekoturistik salohiyatga ega so‘lim qishloqda joylashgan.

Xalq orasida ushbu ziyoratgoh haqida bir qancha rivoyatlar mavjud. Aytishlaricha, Najd vodiysidan taralgan nur Farg‘ona vodiysi sari yetib kela boshlagan VI-VII asrlarda sahobalar tashrifi kuzatiladi. Shunday ulug‘ insonlardan biri yetti farzandi bilan bu muazzam diyorga kelib, keyinchalik  turli hududlarga tarqaladi.

 Birlari Shohimardonga, boshqalari Arslonbob (Qirg‘iziston), Podshoota, Chodak, Safedbulon, Baliqli mozor va Ovchibuloqqa degan joylarga o‘rnashadi. Ular elga islomdan saboq berib, dehkonchilik, chorvadorlik, hunarmandchilik, bog‘bonlik bilan shug‘ullanishgan. Ulardan biri – Ovchi buva esa ovchi mohir bo‘lgan ekan. 

[gallery-2768]

Bu joylar botqoq va to‘qayzor bo‘lib, bu yerda ichimlik suvi bo‘lmagan. Ovchi buva o‘z o‘ljasini ovlash uchun ushbu hududda uzoq qolib ketar va tashnalikdan qiynalardi. Bu maskanga suv kelishi va atrofi obod bo‘lishi Ovchi otaning Hazrati Xizr bilan ko‘rishishi va u suqqan hassadan buloq paydo bo‘lishi bilan bog‘lanadi. 

XIX asrning oxiriga qadar qalin botqoq, ovchilik uchun qulay joy bo‘lgan hududda 1930-1970 yillarda zovur qazilib, ekin joylariga aylantirilgan. 1982 yillarda bu yerga imoratlar qurildi. 2010 yildan keyin ayvonlar bunyod etildi. Hozirda bu yerda qishloq tadbirlari, Navro‘z umumxalq bayramlari, turli tantanalar o‘tkazib kelinmoqda.

 

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA