French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ov qoidasini buzgan shaxs tunda “qopqon”ga tushdi
13:19 / 2020-04-29

Mamlakatimizda hozir jonivorlarni ovlash taʼqiqlangan. Biroq bu haqda tegishli tushuntirish ishlari olib borilayotgan boʻlishiga qaramay, belgilangan tartib-qoidalarni qoʻpol buzgan holda jonivor va qushlarni ovlayotgan ayrim shaxslarga duch kelinmoqda.

Surxondaryo viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan navbatdagi tungi reyd chogʻida Termiz tumanidagi Uchkoʻl tabiiy koʻli atrofida ana shunday qonunbuzar ovchilardan biri qoʻlga tushib qoldi. Surishtiruv chogʻida belgilanmagan muddatda tungi “shikor” ga chiqqan fuqaro Termiz tumanida yashaydigan M. Mannabov ekani aniqlanib, hujjatlar rasmiylashtirildi.

Ovi baroridan kelmagan shaxsga tegishli bir dona Toz BM 16.2. № 198794 raqamli ov quroli ashyoviy dalil sifatida olinib, bu masala boʻyicha qonuniy toʻxtamga kelingunga qadar viloyat ichki ishlar boshqarmasiga topshirildi.