Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘ttizga yaqin vazirlik va idora rahbarlari Surxondaryo viloyatida ommaviy qabullar o‘tkazadi
14:46 / 2022-06-09

Davlatimiz rahbari topshirig‘iga muvofiq aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot tizimini yanada takomillashtirish, fuqarolar muammolari bilan ishlashni samarali tashkil etish, hududlarda yechimini kutayotgan masalalarni «mahallabay» o‘rgangan holda joyida va tezkor hal etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi T.Xudaybergenov rahbarligida tuzilgan Respublika ishchi guruhi shu yilning 11-16 iyun kunlari Surxondaryo viloyatida ommaviy qabullar o‘tkazadi.

Respublika ishchi guruhi aholi bilan ochiq-jonli muloqotlar olib boradi.

Prezident Administratsiyasi mas’ullari bilan birga, quyidagi vazirlik, qo‘mita va respublika tashkilotlari rahbarlari aholini qabul qiladi:

· Vazirlar Mahkamasi

· Oliy sud

· Sudyalar Oliy kengashi

· Bosh prokuratura

· Davlat soliq qo‘mitasi

· Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

· Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi

· Ichki ishlar vazirligi

· Moliya vazirligi

· Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

· Sog‘liqni saqlash vazirligi

· Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

· Mahalla va nuroniylarni qo‘llab quvvatlash vazirligi

· Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

· Xalq ta’limi vazirligi

· Maktabgacha ta’lim vazirligi

· Qurilish vazirligi

· Favqulodda vaziyatlar vazirligi

· Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi

· Markaziy bank

· Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi

· «O‘zbektelekom» AJ

· «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ

· «Hududgazta’minot» AJ

· «O‘zsuvta’minot» AJ

· Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi

· Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi

· O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (Biznes-ombudsman)

· Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi

O‘zA