Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“OTP Group Tashkent Grand Slam 2026” turniriga start berildi
20:46 / 2026-02-27

FOTOREPORTAJ

Poytaxtdagi ko‘p tarmoqli “Humo Arena” sport majmuasida dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi nufuzli xalqaro musobaqa — “OTP Group Tashkent Grand Slam 2026” turniri boshlandi.

Mazkur musobaqa xalqaro taqvimdan o‘rin olgan yirik sport anjumanlaridan biri bo‘lib, unda dunyoning turli qit’alaridan tashrif buyurgan 400 nafarga yaqin sportchi ishtirok etmoqda. Turnirda jahon reytingi uchun muhim bo‘lgan ochkolar ham o‘ynaladi.

[gallery-27903]

An’anaga muvofiq, musobaqaning birinchi kuni erkaklar o‘rtasida -60 kg va -66 kg, ayollar o‘rtasida -48 kg, -52 kg hamda -57 kg vazn toifalarida g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi. Bellashuvlar yuqori raqobat va keskin kurashlar ostida o‘tmoqda.

Turnir bir necha kun davom etadi va unda turli vazn toifalari bo‘yicha kuchli dzyudochilar tatamiga chiqadi.

Muhammad AMIN (surat), O‘zA