Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘tovlari mashhur hunarmand
12:22 / 2025-11-27

FOTOREPORTAJ

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Chimboy tumani haqida gap ketganda “Besh qal’aning biri”, deya ta’rif beriladi. Bu bejiz emas, albatta. Boisi, o‘ziga xos tarixga ega Chimboyda qoraqalpoq xalqining qadimiy urf-odatlari, hunarmandchilik va amaliy san’atini saqlab, rivojlantirib, kelgusi avlodlarga yetkazish bilan shug‘ullanib kelayotgan mohir ustalar ko‘pchilikni tashkil qiladi. 

Qoraqalpoq xalq milliy o‘tovi, ya’ni, qora uy yasovchi Azamat Turekeyev ana shunday usta hunarmandlarning uchinchi avlod vakili. U “Hunarmand” uyushmasi Qoraqalpog‘iston   Respublikasi boshqarmasi a’zosi. Usta tomonidan yaratilgan milliy  va zamonaviy uslubdagi  o‘tovlar  nafaqat yurtimizda, balki Markaziy Osiyoda ham juda mashhur.

[gallery-26438]

Azamat Turekeyev Prezident sovrini uchun o‘tkazilgan “Tashabbus” ko‘rik-tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va mamlakat bosqichlarida bir nechta marotaba sovrindor hamda nominatsiya g‘olibi bo‘lgan. Shuningdek, yurtimizda va xorijda o‘tkazilgan xalqaro ko‘rgazma va festivallarda muvaffaqiyatli ishtirok etgan.

U hunarmandchilik an’analarini davom ettirish, yo‘qolib borayotgan hunar turlarini tiklash va rivojlantirish maqsadida “Usta-shogird” maktabi faoliyatini yo‘lga qo‘ygan. Bundan tashqari, Orolbo‘yi hududiga sayyohlarni keng jalb qilish niyatida maxsus hunarmandchilik ustaxonasi va muzey tashkil qilgan. 

Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA