O‘tmish manzaralari - rassomlar nigohida
FOTOREPORTAJ
Nukus shahrida joylashgan I. V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyida bir asr oldin yaratilgan tasviriy san’at asarlari ko‘rgazmasi tashkil qilindi.
Ko‘rgazmadan 1920-1930-yillarda o‘lkamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar aks etgan tasviriy san’at asarlari o‘rin olgan. Avangard va an’anaviy yo‘nalishlardagi bu asarlar orqali o‘tmish manzaralarini ko‘rish, o‘sha davrdagi rassomlarning xayolot olami va qarashlarini anglash mumkin. Shuningdek, bir asr oldin olingan qiziqarli fotosuratlar ham namoyish etilmoqda.
[gallery-17254]
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA