OTMga kirishdagi test sinovlari mazmuni maktab dasturlariga moslashtiriladi
Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali xabar bergan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 6 noyabrdagi qaroriga ko‘ra, 2021 yil 1 yanvardan davlat oliy ta’lim tashkilotlariga kirish uchun test sinovi topshiriqlari davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari asosida tuzilib, test sinovi materiallarining ma’no-mazmuni umumiy o‘rta ta’lim tizimidagi fanlarning o‘quv dasturlariga moslashtiriladi.