Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Otliq kavaleriya” paradi Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlandi (+video)
18:35 / 2026-01-13

Davlatimiz rahbarining 2021 yil 5 avgustdagi “O‘zbekistonda yilqichilik, ot sporti, zamonaviy beshkurash va poloni 2025 yilgacha rivojlantirish davlat dasturi to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 34 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan poytaxtimizda tantanali “Otliq kavaleriya” paradi bo‘lib o‘tdi.

Tantanali parad “O‘zbekiston” mehmonxonasi avtoturargohidan boshlanib, Amir Temur xiyoboni bo‘ylab “Hyatt” mehmonxonasi avtoturargohigacha bo‘lgan masofani qamrab oldi. Mazkur tadbirda Milliy gvardiya faxriy qorovul bataloni kavaleriya eskadroni, Chavandozlar maktablari, Ot sporti bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktabi, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Jamoat xavfsizligi universiteti otliq otryadi, O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi hamda Ot sporti bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi chavandozlaridan iborat 100 nafardan ortiq otliqlar ishtirok etdi.

Aytish joizki, yurtboshimizning yilqichilik va ot sporti sohasiga qaratgan yuksak e’tibori, shuningdek, Milliy gvardiya boshchiligida tashkil etilayotgan “Otliq kavaleriya” paradlari mamlakatimizda nishonlanadigan bayramlar arafasida poytaxtimizdagi Amir Temur xiyobonida hamda respublikamizning markaziy shaharlarida ham an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinmoqda.

Parad davomida kuch tuzilmalari harbiy orkestrlari tomonidan ijro etilgan vatanparvarlik ruhidagi kuy-qo‘shiqlar bayramga alohida shukuh va tantanavor kayfiyat bag‘ishladi.

Otliq kavaleriya paradi milliy an’analar, harbiy qudrat va Vatanga bo‘lgan sadoqatning yorqin ifodasi sifatida yuksak baholandi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/Q6Av6JpBg1I" title="“Otliq kavaleriya” paradi Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlandi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

N.Rahmonova, U.To‘xtayev (montaj), O‘zA