Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Otlar paradi” tomoshabinlarga zavq bag‘ishladi
19:44 / 2025-12-07

Shu kunlarda mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosib nishonlanmoqda.

Ayyom munosabati bilan Toshkent shahrida joylashgan kuch tuzilmalari kavaleriya bo‘linmalari ishtirokida Milliy gvardiya boshchiligida “Konstitutsiya – inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi” shiori ostida "Otliq kavaleriya paradi" tashkil etildi.

[gallery-26619]

Poytaxtimizdagi “O‘zbekiston” mehmonxonasi avtoturargohidan Amir Temur xiyoboni bo‘ylab o‘tgan otlar paradi bayram sayliga chiqqan aholi vakillariga bir olam zavq bag‘ishladi.

[gallery-26620]

Ta’kidlash kerakki, mamlakatimizda ot sporti rivojiga berilayotgan alohida e’tibor natijasida "Otlar paradi mamlakatimizda nishonlanadigan bayram sanalari arafasida doimiy tashkil etilishi an’anaga aylanib ulgurgani alohida e’tirofga loyiqdir.

T.Ro‘ziyev, N.Haydarov,

Sh.Tohirov (foto), O‘zA