16 aprel kuni Buloqboshi tumanida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Andijon viloyatini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish chora-tadbirlari muhokamasi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.
Qayd etilishicha, o‘tgan yil viloyatda 4 mingdan ziyod yangi tadbirkor ish boshlagan va 450 ming aholi ishli bo‘lgan. Viloyatda 1,5 million kvadrat metr turar joy va 850 ming kvadrat metr noturar joylar qad ko‘tardi. Buning hisobiga, o‘tgan yil savdo va xizmatlar 13 foizga, sanoat 7,5 foizga oshdi.
Andijonda iqtisodiy salohiyat, yangi loyihalar va tashabbuslar ko‘p. Shu jumladan, Marhamat tumanida ham bugungi kunda keng imkoniyat mavjud. Ishsiz fuqarolarni ish bilan ta’minlab, yoshlarga alohida e’tibor qaratish, ular bilan individual ishlash tizimi yo‘lga qo‘yilgan.
Yig‘ilishda ishtirok etib, o‘ziga tegishli xulosalarni olgan Marhamat tumani hokimi O‘tkirbek Ma’murov O‘zA muxbiriga bergan intervyusida yaratib berilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanish, topshiriqlar ijrosini vaqtida bajarishga kirishganini ta’kidladi.
– Iqtisodiyotni rivojlantirish eng muhim masala. Tumanimizda adirlardan foydalanish bo‘yicha yangicha ish olib boryapmiz. 1 200 gektar yerni xalqimizga 50 sotixdan bo‘lib bersak, 2400 nafar fuqaroni ish bilan ta’minlagan bo‘lamiz, – dedi O‘tkirbek Ma’murov.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/vpL1Mh5Sx10" title="Oʻtkirbek Maʼmurov: Marhamat tumanida 2400 nafar fuqaroni ish bilan taʼminlash imkoniyati mavjud" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Behruz XUDOYBERDIEV, Ulug‘bek TO‘XTAEV (video), O‘zA