Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘tkir Rahmatov – Samarqand davlat universiteti faxriy professori
20:14 / 2023-05-15

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida “Milliy g‘oya millat uchun hayot-mamot masalasi” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya hamda “Birinchi Renessans allomalari” nomli o‘quv qo‘llanmaning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

– Bugun ilgari surilayotgan milliy g‘oya asosi sifatli ta’lim va samarali ilm-fanga qurilayotgani bejiz emas, albatta, – dedi universitet rektori Rustam Xolmurodov. – Bu jarayon sifatli ta’lim berish, millatning mudrab yotgan dahosini uyg‘otish bilan amalga oshiriladi. Bunga jamiyatda insonning butun umr ilm olishi uchun barcha sharoitni yaratib berish, ma’rifatli davlat siyosatini yuritish, ongu shuuriga go‘dakligidanoq ziyo olib kirish yordamida erishiladi.  

Kitob taqdimotida uch kitobdan iborat turkumning ilk kitobi bo‘lgan “Birinchi Renesans allomalari” o‘quv qo‘llanmasining yaratilish tarixi, bundan ko‘zlangan maqsad haqida so‘z yuritildi. O‘quv qo‘llanmada O‘zbekiston zamini tarixda buyuk Uyg‘onish davrlariga beshik bo‘lgani, dunyo ilm-fani rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ulug‘ mutafakkirlarni yetishtirib bergani qalamga olingan.

– Biz nafaqat yurtimiz, balki dunyo tarixida Birinchi Renessans asoslarini yaratgan allomalarning nomi bilan faxrlanib qolmasdan ularga munosib voris bo‘lishimiz, ularning asarlarini shunchaki sanamasdan hayoti va ilmiy merosini qunt bilan o‘rganishimiz kerak, – dedi tadbirda “Xalq so‘zi” va “Narodnoye slovo” gazetalari bosh muharriri O‘tkir Rahmatov. – Chunki intellektual rivojlangan jamiyat va davlat Uchinchi Renessans poydevorini yanada mustahkam, ajdodlariga xos tarzda qo‘ya oladi.

Anjumanda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist O‘tkir Rahmatovga Samarqand davlat universiteti faxriy professori unvoni hamda “Samarqand davlat universitetining 600 yilligi” esdalik nishonini topshirildi.

G‘.HASANOV, O‘zA