FOTOREPORTAJ
O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Andijon viloyat bo‘limi tashabbusi bilan an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “O‘tkir qalam” tanlovining navbatdagi taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Tadbirda Uyushmaning viloyat bo‘limi raisi M. Ortiqova so‘z olib, bugungi kunda jurnalistika sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida alohida to‘xtaldi, tadbir ishtirokchilarini bayram bilan qutladi.
Hamkor tashkilotlar bilan o‘tkazilgan mazkur tadbirda viloyatda ma’naviy-ma’rifiy va sud-huquq sohalarida olib borilayotgan ishlarni yoritishda faol bo‘lgan bir guruh jurnalistlar taqdirlandi.
[gallery-18018]
– Yangi O‘zbekistonda jurnalistika sohasiga qaratilayotgan e’tibor, biz soha vakillarini mamnun qilmoqda, - deydi jurnalist Mohigul Otamirzayeva. – Bugungi kabi tadbirlarda mehnatimiz e’tirof etilishi, bizga yanada kuch-g‘ayrat bag‘ishlaydi.
Zuhriddin UMURZOQOV (surat), O‘zA