French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘tkazilgan tezkor tadbirda qo‘lga olindi
16:35 / 2025-11-12

Jizzax viloyatining tumanlaridan birida Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i pora bilan qo‘lga olindi. Davlat xavfsizlik xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, mansabdor shaxs ikki holatda tadbirkordan noqonuniy ravishda pul talab qilgan va olgan.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning sentyabr oyida u mahalliy tadbirkor qurishni rejalashtirgan ko‘p qavatli uyning loyiha hujjatlarini tasdiqlab berish evaziga 200 dollar olgan. Keyinroq esa shu tadbirkor qurishni rejalashtirgan xususiy maktab loyihasini tasdiqlash uchun 6 million so‘m talab qilgan.

Tegishli organlar o‘tkazgan tezkor tadbirda tuman FVB boshlig‘i pora mablag‘ini turmush o‘rtog‘i orqali qabul qilayotganda ushlangan. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “a” va “v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llandi.  

A. Qayumov, O‘zA muxbiri