Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"O‘tkan kunlar"ning xitoy tilidagi nashri taqdim etildi
17:45 / 2023-06-15

Abdulla Qodiriy uy-muzeyiga Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan "O‘tkan kunlar" romanining xitoy tiliga tarjima qilingan nusxasi taqdim etildi.

Atoqli adib Abdulla Qodiriyning "O‘tkan kunlar" romani milliy ruhi, milliy qiyofasi, betakror tili, yaqin tariximizdagi o‘ta murakkab va ziddiyatli jarayonlarni aks ettirgani bilan ahamiyatlidir.  

O‘zbek adabiyotidagi birinchi roman sanalgan ushbu asar dunyoning ko‘plab tillariga tarjima etilgan bo‘lsa-da, hali hanuz olimlar va tadqiqotchilar tomonidan katta qiziqish bilan o‘rganilmoqda, mazkur asar ustida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Jahon xalqlarining tillariga tarjima etilmoqda.  

Bu esa Abdulla Qodiriy asarlari, uning ijodi, g‘oya va qarashlarining o‘lmasligi, doim barhayot va dolzarb ekanidan darak beradi.  

N.Usmonova, O‘zA