Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘tgan yili Tojikistonga bir million atrofida sayyoh kelgan
12:52 / 2023-01-10

Sayyohlarning katta qismi yaqin xorijiy mamlakatlardan kelgan, deb xabar bermoqda Sputnik agentligi tegishli manbalarga tayanib.

Ta’kidlanishicha, o‘tgan yili Tojikistonda turizm sohasini rivojlantirish maqsadida  100 dan ziyod infratuzilma ob’ektlari qurilib, ishga tushirilgan, shuningdek,, mahalliy turkompaniyalar soni ham oshgan.

Bunday natijalarga sohaga investitsiya jalb qilish jadallashgani sababli erishildi, deyiladi xabarda.

«Avesta» axborot agentligi ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi besh yilda Tojikistonga 3,9 milliondan ziyod sayyoh kelgan. Shu davr mobaynida turistlarga xizmat ko‘rsatadigan jami infratuzilma ob’ektlari soni 600 dan  oshdi.

Bundan tashqari, 2022 yil yanvardan boshlab respublika hukumati 52ta mamlakat fuqarolari uchun mamlakatga vizasiz rejim joriy qildi, yana 126 ta davlat fuqarolari uchun viza olish tartibi soddalashtirilgan, deb yozmoqda Tojikistonning Hovar axborot agentligi