English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘tgan yili ko‘plab davlat korxonalari byudjetga 8 trillion so‘m tushumni ta’minlay olmagan
11:09 / 2024-01-16

Prezident raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda moliyaviy intizomni kuchaytirib, 2024 yilda byudjet defitsitini 4 foizdan oshirmaslik zarurligi ta’kidlandi.

O‘tgan yili ko‘plab davlat korxonalari dividend va soliq to‘lovlari bo‘yicha byudjetga 8 trillion so‘m tushumni ta’minlay olmagani ko‘rsatib o‘tildi.

Hududlar rahbarlari ajratilgan byudjet ssudalari qaytarilmayotgani holatlari bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rilishi haqida ogohlantirildi.

Sirdaryo va Jizzaxda soliq tushumlari 20 foiz o‘sgan bo‘lsa, Xorazm, Buxoro va Qashqadaryoda bu ko‘rsatkich 7 foizga ham yetmagani tanqid qilindi.

Masalan, yuridik shaxs maqomidagi 18 mingta ovqatlanish korxonasidan atigi 2 ming 300 tasi QQS to‘lovchi hisoblanadi. Sababi, ular tovar aylanmasini 1 milliard so‘mdan oshirmaslik uchun bitta oshxonaga 3-4 tadan firma ochib qo‘ygan.  

Bunday holatlar bo‘yicha mahalladagi soliqchi, tuman soliq boshliqlari va o‘rinbosarlarining ishi sustligi ko‘rsatib o‘tildi.

 

O‘zA