Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘tgan yili kiritilgan investitsiyalarning yarmidan ko‘pi Baliqchi, Buloqboshi, Andijon tumani va shahriga to‘g‘ri keladi
12:58 / 2025-04-16

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Andijon viloyatini kompleks rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish davom etmoqda.

Yig‘ilishda investitsiya va eksport masalalariga alohida e’tibor qaratildi.   

O‘tgan uch yilda viloyat hokimi o‘rinbosarlari, tuman hokimlari xorijiy investorlar bilan 600 dan ziyod kelishuvga erishgani bilan, ularning atigi uchdan biri loyihaga aylangani tanqid qilindi.   

O‘tgan yili kiritilgan investitsiyalarning yarmidan ko‘pi Baliqchi, Buloqboshi, Andijon tumani va shahriga to‘g‘ri keladi. Paxtaobod, Izboskan va Shahrixonda bu 50 million dollarni tashkil etgan, xolos.   

Mutasaddilarga elektron platforma yaratib, xorijiy investorlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar ro‘yxatini yuritish, ular ko‘targan har bir masala bo‘yicha aniq ijrochilarni belgilab, kunlik nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish topshirildi.   

O‘zA