Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘tgan yilda bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrovi 4,6 foizga oshirildi
17:51 / 2023-01-23

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ul xodimi Mavluda Asqarxo‘jayeva maktabgacha ta’lim tizimida 2022 yil davomida amalga oshirilgan ishlar hisobotini taqdim etdi.

Unga ko‘ra, maktabgacha ta’lim sohasiga davlat byudjetidan 10,1 trillion so‘m mablag‘ ajratilgan. Xususan, respublika byudjetidan 7,7 trillion so‘m mablag‘ ajratilib, ijrosi 99,7 foizga bajarildi.  

Qamrov darajasini oshirish bo‘yicha 2022 yilning o‘tgan davrida respublikada 1 ming 811 ta shundan, 219 ta davlat, 1 ming 346 ta oilaviy, 169 ta DXSH asosidagi nodavlat, 77 ta xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati yo‘lga qo‘yilishi natijasida bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrovi 4,6 foizga oshirildi.  

bugungi kunda respublikada jami 29 ming 420 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ularning 6 ming 589 tasi davlat va 22 ming 822 tasi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridir.  

Maktabgacha yoshdagi 2,9 million nafar bolalardan 2,1 million nafari yoki 71,8 foizi maktabgacha ta’limga qamrab olingan bo‘lsa, ularning 647 ming 655 nafarini 6 yoshli bolalar tashkil etmoqda. Ushbu bolalarning 186 ming 881 nafari majburiy bepul bir yillik boshlang‘ich ta’limga tayyorlov guruhlariga, 256 ming 131 nafari to‘liq kunlik tayyorlov guruhlariga, 80 ming 230 nafari qisqa muddatli tayyorlov guruhlariga, 123 ming 998 nafari turli yoshdagi guruhlarga, 415 nafari mobil guruhlarga qamrab olindi. 

2022 yil yakunlariga ko‘ra, jami 22 ming 366 quvvatga ega 169 ta DXSH asosidagi NMTTlar hamda 1 ming 346 ta oilaviy shakldagi NMTTlar tashkil etilishiga erishildi. Natijada 118 ming 557 ta qo‘shimcha quvvat hamda 10 ming 116 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. 

bugungi kunda davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan jami rahbar va pedagoglar soni 151 ming 746 nafarni tashkil etib, oliy ma’lumotli pedagoglar soni 51 ming 554 nafarni (33,8%) tashkil etdi.  

Davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan MTTda tarbiyalanayotgan ko‘rishda og‘ir nuqsonlari bor tarbiyalanuvchilarning ta’lim olish jarayoni sifatini yaxshilash maqsadida Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi tomonidan gumanitar yuk shaklida taqdim etilgan 130 ta Brayl alifbosi to‘plamlari ixtisoslashtirilgan MTTlarga yetkazib berildi. YUNISEF xalqaro bolalar jamg‘armasi ko‘magida Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tibbiy xizmatni tashkil etish bo‘yicha o‘quv uslubiy qo‘llanma ishlab chiqilib, 10 ming nusxada chop etildi.  

Joriy yilda 1 million 113 ming 235 nafar tarbiyalanuvchi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi va ularga kasalliklarning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar va yo‘llanmalar berildi.  

M.Qosimova, O‘zA