Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘tgan yil Singapurda qaroqchilar ancha faollashdi
23:39 / 2026-01-05

Singapur bo‘g‘ozidagi kemalarga hujum qilingani haqidagi xabarlar 2025 yil keskin ko‘paydi, bu holat tashuv jarayoniga tahdid solishi mumkin, deya xabar tarqatdi "RIA Novosti" Xalqaro savdo palatasi Xalqaro dengiz byurosi direktori o‘rinbosari Sayrus Modiga tayanib.

Oktyabr oyida byuro 1991 yildan beri mazkur ko‘rsatkichning rekord darajasi 2025 yil yanvar-sentyabr oylarida qayd etilganini ma’lum qildi. Dastlabki to‘qqiz oyda jami 73 marta shunday hodisa hisobga olingan. O‘tgan yilning shu davrida ushbu raqam 28 tani tashkil etgan.

Manbaga ko‘ra, Singapur bo‘g‘ozidagi kemalarga hujum qilganlar, odatda, qo‘llariga nima tushsa o‘g‘irlashga harakat qiladi. Ayniqsa, yordamchi xonalar yoki dvigatel tarkibiga tajovuz qilinadi. Ekipaj a’zolariga, deyarli, kuch ishlatilmaydi, jinoyatchilar maxsus ishora berilgandan keyin qochib ketadi.

- Bu vaziyat an’anaviy ravishda hujumchilar aynan kema ekipajini nishonga oladigan Gvineya ko‘rfazi yoki Somali qirg‘og‘i yaqinidagi qaroqchilikdan farq qiladi, - deydi Sayrus Modi. - Hujum natijasida kelib chiqadigan boshqa oqibatlar ham tashvishli. Masalan, hujum navbatchi zobitni chalg‘itsa, kema to‘qnashishi yoki qumloqqa o‘tirib qolishi mumkin.

Singapur bo‘g‘ozi global dengiz savdosida muhim o‘rin egallaydigan dengiz yo‘li hisoblanadi. Hududdan har kuni mingdan ortiq savdo kemasi o‘tadi.

S.Rahimov, O‘zA