Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘tgan yil sarhisobi bu yilgi ustuvor vazifalarni belgilashda muhim
11:01 / 2023-01-30

Jizzax viloyati hokimligida favqulodda vaziyatlarning oldini olish, aholi va hududlarni tabiiy, texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha 2022 yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2023 yildagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda sektorlar, tashkilot, korxona va muassasalar rahbarlari, viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi va shahar, tuman bo‘limlari boshliqlari ishtirok etdi.  

Tadbirda viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Ravshan Ibragimov 2022 yil davomida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berdi. Qarorlar va toshqinga qarshi hukumat komissiyasi yig‘ilish bayonlari talablari bajarilishi, bu borada mutasaddi tashkilot rahbarlari tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar xususida to‘xtaldi.

Shuningdek, 2023 yil – Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili davomida tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida tashkilot, korxona va muassasa rahbarlari boshchiligida bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar haqida so‘z bordi.

Unda Jizzax viloyati hokimi Ergash Soliyev ishtirok etdi.

 

A.Qayumov, O‘zA