Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘tgan to‘rt oyda 359,2 ming tonna meva-sabzavot eksport qilindi
20:14 / 2023-05-25

Joriy yilning yanvar-aprel oylari davomida xorijiy mamlakatlarga umumiy qiymati 256,1 million AQSH dollariga teng 359,2 ming tonna meva-sabzavot eksport qilingan. Bu esa 2022 yilning shu davridagiga nisbatan 6,5 foiz ko‘pdir.

Eksportda qiymat jihatidan eng katta ulushni mosh, mayiz, quritilgan qora olxo‘ri, pomidor, karam, uzum, piyoz va anor  egallaydi.

2023 yilning yanvar-aprel oylarida eksportning umumiy hajmida meva-sabzavotlarning ulushi 3,3 foizni tashkil etgan.

Rossiya, Pokiston, Xitoy, Qozog‘iston, Afg‘oniston, Qirg‘iziston, Belarus, Turkiya, Iroq va Eron yurtimizda yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlaridir,  deyiladi  MHTI tahlilida.  

N. Ziyodullayeva tayyorladi, O‘zA