O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi axborot xizmati rahbari Jamshid Shermetov ishtirokida o‘tkazilgan brifingda taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan hisobot davrida qurilish materiallari eksporti geografiyasi an’anaviy hisoblangan bozorlar, ya’ni Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmanistondan tashqari Afg‘oniston, Rossiya, Litva, Turkiya, Ukraina, Ozarbayjon, Xitoy va Eron davlatlari hisobiga kengaytirildi.
2022 yil 6 oyligi yakuni bo‘yicha olingan tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, tarmoq korxonalari tomonidan 287,4 mln. dollar miqdorida qurilish materiallari va xizmatlari eksporti amalga oshirilib, belgilangan reja 123 foizga bajarildi.
Qayd etilishicha, qurilish materiallarining asosiy eksport bozorlari bo‘lib, qo‘shni respublikalar bozorlari hisoblanib, ushbu davlatlarning umumiy eksportdagi ulushi qariyb 71 foizni tashkil etmoqda. Xususan, davlatlar kesimida ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, Qozog‘istonga – 77,5 mln. dollarlik, Qirg‘izistonga – 37,8 mln. dollarlik, Tojikistonga – 28,8 mln. dollarlik, Rossiyaga – 22,7 mln. dollarlik, Turkmanistonga – 12,0 mln. dollarlik, Litvaga – 11,8 mln. dollarlik, Xitoyga – 8,6 mln. dollarlik, Polshaga – 8,1 mln. dollarlik, Turkiyaga – 5,3 mln. dollarlik qurilish materiallari eksporti amalga oshirilgan.
Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, aksariyat qurilish materiallar bo‘yicha tarmoqda yangi quvvatlarni yaratilishi va modernizatsiya qilinishi, investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi, hamda yangi korxonalarni eksportga jalb qilinishi hisobiga ba’zi turdagi qurilish materiallari eksportini 2021 yil shu davriga nisbatan bir necha barobarga oshirishga muvaffaq bo‘lindi.
Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, aksariyat qurilish materiallar bo‘yicha tarmoqda yangi quvvatlarni yaratilishi va modernizatsiya qilinishi, investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi, hamda yangi korxonalarni eksportga jalb qilinishi hisobiga ba’zi turdagi qurilish materiallari eksportini 2021 yil shu davriga nisbatan bir necha barobarga oshirishga muvaffaq bo‘lindi. Misol uchun, 2021 yilga nisbatan metall buyumlar 7 barobarga, keramik plitkalar 3 barobarga, tabiiy pardozbop toshlar 3 barobarga, gulqog‘oz 2 barobarga, PVX profil, truba va fitinglar 2 barobarga ko‘p eksport qilingan.
Yuqoridagi eksport ko‘rsatkichlar 49 mln. dollar metall buyumlar, 40 mln. dollarlik PVX profil, truba va fitinglar, 39 mln. dollarlik keramik plitka va keramika buyumlari, 19 mln. dollarlik alyumin profil va panellar, 16 mln. dollarlik gulqog‘oz va boshqa devor qoplamlari, 15 mln. dollarlik quruq qurilish qorishmalari va sement mahsulotlari, 7 mln. dollarlik tabyiy pardozbop toshlar, 5 mln. dollarlik issiqlik saqlovchi materiallar, 5 mln. dollarlik oyna va oyna mahsulotlari kabi qurilish materiallar eksport qilish hisobiga erishildi.
Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA